Dzyudo. Hamyurtimiz finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Budapeshtda o'tayotgan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining -90 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Davlat Bobonov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Navoiylik polvonimiz musobaqani yaponiyalik Sanshiro Muraoga qarshi bahs bilan boshladi. Qiyin kechgan bellashuvda Bobonov qo'shimcha daqiqalarda g'alabani o'z foydasiga hal qildi.
Shundan so'ng isroillik Li Kochman, qozog'istonlik Islam Bozboev, yarim finalda esa vengriyalik Kristian Tos mag'lub etildi.
Endi dzyudochimiz jahon chempionligi uchun ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219