Enrike unga ishonishda davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Serxio Busketsni koronavirus infektsiyasini yuqtirganiga qaramay tarkibda olib qolmoqchi.
Luis yana ozroq kutishga va Serxioni yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatiga jalb qilishga tayyor.
«Biz kutishga tayyormiz. Hali ham vaqt bor. Buskets ro'yxatda qolishda davom etadi», - deydi Luis Enrike.
Ma'lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi shvedlar bilan bahsga tayyorlanmoqda. Ushbu uchrashuv 14 iyun kuniga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279