Donnarumma "Barselona"ga bepul o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma keyingi mavsumni "Barselona"da boshlashi mumkin, faqatgina bir shart evaziga.
AS nashri xabariga ko'ra, mavsum oxirida "rossonerilar" Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olishmasa Donnarumma katta ehtimol bilan kataloniyaliklar safiga o'tadi.
Darvozabonning agenti Mino Rayola allaqachon "ko'k-anorrangilar" bilan bog'lanib, ularga o'z mijozining xizmatlarini taklif qilgan.
"Barsa" Donnarumma borasida ijobiy munosabatda. Klubning fikriga ko'ra, bunday shartnoma Mark-Andre ter Shtegenni sotishga imkon beradi va undan tushgan mablag' boshqa pozitsiyalarni mustahkamlashga sarflanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273