Vaskes: "Real"da qolamanmi yoki ketamanmi, hali noma'lum. Ammo..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Madridning "Real" klubi futbolchisi Lukas Vaskes jamoadagi kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Mening kelajagim? Nima bo'lishini hozircha aniq bilmayman. Jamoada qolamanmi yoki ketamanmi, hali noma'lum. Ammo doimo "Real Madrid"ga muxlislik qilaman", - deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun, ispaniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.
Joriy mavsum, Vaskes "Real" safida 34 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 8 ta assistni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328