Gvardiola "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 35-tur uchrashuvida jamoasining "Chelsi"ga (1:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Bu keskin o'yin bo'ldi, ammo umuman olganda biz juda yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida o'z imkoniyatimizdan penalti ko'rinishida foydalana olmadik. "Chelsi" eng yaxshi jamoa, ammo biz yaxshiroq o'ynadik. Yaxshi holatda edik, ammo raqib yakunda gol urdi. 21 kundan keyin yana "Chelsi" bilan Chempionlar Ligasi finalida to'qnash kelamiz. Bugungi o'yindan saboq olamiz va chempionat uchun zarur bo'lgan ochkolarni to'playmiz", - deydi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!