Rasman. Kuman «Atletiko»ga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Ispaniya sport adminstrativ sudi "Barselona" tomonidan berilgan ikkinchi apellyatsiyaga rad javobini berdi.
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi "Granada"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani uchun La liganing 2ta o'yiniga diskvalifikatsiya qilingandi. Niderlandiyalik mutaxassis "Valensiya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi. Endi u "Atletiko"ga qarshi o'yinda ham jamoasinign zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi.
Kataloniyaliklar diskvalifikatsiya chorasini vaqtinchalik to'xtatib, Kumanning muhim bahs davomida jamoani boshqarishini istagandi. Ammo ularning bu urinishi naf bermadi.
Shu tariqa, bugungi o'yinda Alfred Shroyder "Barsa"ni boshqaradi.
"Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.

Bosh sahifaga
215