Mirjalol Qosimov: «Muhim musobaqadan keyingi birinchi bahs doim og'ir kechadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 7-turi doirasida bo'lib o'tgan "Surxon"ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"OChLdan keyin uzoq yo'l bosib keldik, qolaversa Termizga etib keldik. O'yin kuni reys bo'lgani uchun ertalab azonda uchib keldik. Ko'pchilik futbolchilar saharlikka turib dam olishmagandi. Termizga kelib 2 soatcha dam olishdi. Futbol o'ynaganlar yaxshi bilishadi, muhim musobaqadan keyingi birinchi bahs doim og'ir kechadi.
Shunga qaramay, futbolchilarim har jabhada yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda tashabbus biz tomonda bo'ldi, gol urdik, Kasyanda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. "Surxon"ga ham tan berish kerak, ular oxirgacha kurashishdi. Menimcha, so'nggi soniyaga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turishdi. O'ylaymanki, bugun haqli tarzda g'alabaga erishdik», — dedi Mirjalol Qosimov.

Bosh sahifaga
224