“Olimpik”ning ikki o'yini sanasi o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xatiga binoan, 24-29 may kunlari Ukrainaning poytaxti Kiev shahrida V. V. Lobanovskiy xotira turniri o'tkaziladi. Shu sababli O'zbekiston U23 jamoasining 20-30 may kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini hamda ushbu musobaqada ishtiroki rejalashtirilgan. O'quv-mashg'ulot yig'iniga “Olimpik” jamoasidan 11 nafar futbolchi va 4 nafar murabbiy jalb etilmoqda.
Shuni inobatga olgan holda, “Olimpik” klubi O'zPFLga yuborgan xatiga asosan, jamoaning Pro liga doirasidagi ikki uchrashuvi sanalarini boshqa kunga ko'chiriladi.
8-turdan o'rin olgan “Xorazm” – “Olimpik” uchrashuvi 22 maydan 19 mayga hamda 9-tur doirasidagi “Olimpik” – “Dinamo” uchrashuvi 28 maydan 3 iyun sanasiga ko'chirildi.
Manba: pfl.uz
Bosh sahifaga
239