«Atletiko» prezidenti: «Messi La Liganing barcha 20 jamoasi uchun juda muhim futbolchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Barcelona» hujumchisi Lionel Messining kelajagi haqida gapirdi.
«Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. O'ylaymanki, «Barselona» klubning moliyaviy holatidan qat'i nazar, uni ushlab qolish uchun hamma narsani qiladi. Bu vaziyatni qanday tugashini bilmayman va bu hammamiz uchun qiziq.
Ispaniya chempionati uchun Messi juda muhim rol o'ynaydi, u chempionat rivojiga hissa qo'shadi. Bu barcha 20 jamoa uchun muhimdir», - dedi Madrid klubi rahbari.
Eslatib o'tamiz, «Atletiko» ertaga, 8 may kuni «Barselona» bilan o'ynaydi.
Agar Madrid klubi kataloniyaliklarga yutqazsa, La Liga turnir jadvalidagi birinchi o'rinni yo'qotadi.
Manba: Diario SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236