So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xakimi «Bavariya»ga o'tishga tayyor. Faqat...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146
Xakimi «Bavariya» ga o'tishga tayyor. Faqat...
«Inter» himoyachisi Ashraf Hakimi «Bavariya» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Sport1.de xabariga ko'ra, futbolchi ushbu yozda Myunxen klubiga o'tishga qarshi emas.
«Bavariya» hali «Inter»ga 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha taklif bilan chiqmagan. Xakimining Italiya klubi bilan shartnomasida tovon puli yo'q, amaldagi kelishuv esa 2025 yilda tugaydi.
«Bavariya» Hakimi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini olish uchun 45 million evrodan ko'proq taklif qilishi kerak bo'ladi. Nemis klubi himoyaning o'ng qanotini mustahkamlamoqchi va shu bilan birga Bunu Sarrni sotmoqchi.
O'z navbatida «Bavariya» ushbu pozitsiyaga yangi futbolchi sotib olmoqchi, chunki hozirda klubda Myunxenning yangi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann talablariga javob beradigan futbolchi yo'q.
Vaziyatga, shuningdek, «Inter» koronavirus pandemiyasi sharoitida duch keladigan moliyaviy muammolar ham ta'sir qilishi mumkin. Italiyaliklarning qarzi 630 million evroga baholanmoqda, klub esa vaziyatni to'g'irlash uchun eng yaxshi futbolchilarini sotishi kerak bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Hakimi ushbu mavsumda «Inter» bilan 41 o'yin o'tkazib, 7 gol urdi va 8 golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: Sport1.de