So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Olimpiadachilarimizni emlash jarayoni boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
Tokio—2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston delegatsiyasini koronavirusga qarshi emlash jarayoni 6-may kuni boshlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi xabar qildi.
Dastur doirasidagi dastlabki kunda parasuzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari vaktsina qabul qildi.
Avvaliga terma jamoaning 11 nafar vakilidan qon tahlillari olinib, ularning organizmi emlash uchun qay darajada tayyorligi ko'zdan kechirildi. Tahliliy natijalar yakuniga ko'ra, 3 nafar sportchi va 2 murabbiyda emlash jarayoni amalga oshirildi. Bu borada murabbiy Ravshan Alimov delegatsiya a'zolari orasida vaktsina qabul qilgan ilk shaxs bo'ldi.
DDelegatsiyaa'zolarini emlashda Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanilmoqda. Yo'riqnomaga ko'ra, vaktsina 21 kun oralig'ida 2 komponentda qabul qilinadi.
Reja bo'yicha dedelegatsiya'zolarini emlash 1-iyunga qadar davom etadi va bu jarayonni O'zbekiston boks terma jamoasi vakillari yakunlab beradi. Umumiy hisobda 250 nafar vakilni emlash ko'zda tutilgan.