Superligaga yangi qurilma olib kiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Taniqli futbol mutaxassisi Diyor Imomxo'jaev Superligaga kirib kelayotgan yangi texnologiya haqida gapirdi.
Coca-Cola Superliga ilk turlaridan boshlab Fitogether brendi reklama qilib kelinadi. Janubiy Koreya kompaniyasi o'z qurilmalarini bizgacha bugun etkazib berdi. Tez orada Superliganing har bir klubiga 36 donadan qurilma beriladi.
Bungacha faqatgina Paxtakor klubi o'xshash qurilmadan faol foydalanib kelayotgandi. Bunda har bir futbolchi uchrashuvlar davomida qurilmani futbolkasi ostidan taqib oladi. Qurilma yordamida murabbiylar futbolchining funktsional holati, uning kuch sarfi, toliqishi, bosib o'tayotgan masofasi va boshqa qator axborotga ega bo'lib boradi, - deydi mutaxassis o'z telegram kanalida.

Bosh sahifaga
235