Boks. Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Professional boksning yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (18-0, 10 KO) navbatdagi jangini 2021 yilning 19-iyunida o'tkazadi.
O'zbekistonlik bokschiga argentinalik Sezar Migel Barrionuevo (35-4, 25 KO) raqib bo'ladi. Jang AQShda bo'lib o'tadi.
Barrionuevo so'nggi jangini 2019 yilda Xuan Lensinaga qarshi o'tkazgan va nokaut bilan g'alaba qozongan.
Abduqahhorov esa 2021 yilning martida Puerto-Riko vakili Xavier Floresni muddatidan avval taslim etgandi. Navbatdagi jang Qudratillo uchun prof boksdagi 19 jang bo'ladi, sportchi shu vaqtga qadar mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236