Italiya kubogi. «Latsio» - «Milan» o'yinida hisob ochilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5418
Italiya kubogi yarim final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. «Latsio» klubi o'z maydonida «Milan»ni qabul qildi.
Muxlislar 90 daqiqa davomida ehtiyotkor o'yinga guvoh bo'lishdi. Natijada uchrashuv zerikarli tus oldi. Hech bir tavakkal qilishni istamadi. Shu bois, barcha masala 24 aprel kuni "San-Siro"da bo'lib o'tadigan javob o'yiniga qoldi.
Yarim finalning ikkinchi bahsi «Fiorentina» va «Atalanta» klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Italiya kubogi, 1/2 final, dastlabki o'yin
Latsio – Milan 0:0 (0:0, 0:0)
Latsio – Strakosha, Gabarron, Acherbi, Bashtush, Romulo (Marushich, 90), Milinkovich-Savich, Lulich, Korrea, Parolo (Luis Alberto, 74), Leyva, Immobile (Kaysedo, 81).
Milan – Donnarumma, Romanoli, Musakko, Kalabriya, Laksalt, Lukas Paketa (Bigliya, 86), Bakayoko, Suso (Kastilexo, 73), Kessie (Chalxanoglu, 29), Borini, Piontek.
Ogohlantirishlar: Parolo (35), Romanoli (44), Kalabriya (78), Gabarron (78), Donnarumma (80).