Sekeyra namoz o'qigan «Lokomotiv» futbolchilari haqida: «Ruhiy quvvat jismoniy kuchdan ustun ekani yana bir bor isbotini topdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Muborakdagi o'yindan so'ng kiyinish xonasida iftorlik uchun dasturxon bezadik ("Mash'al" - "Lokomotiv" - 1:4). Og'iz ochib jamoa namozga saflandi. Bu holatni Sekeyra diqqat bilan kuzatib turardi. Avtobus yo'lga tushganda bosh murabbiy menga yuzlandi:
– Konfutsiy aytgan: Dunyoda shunday narsalar borki, ularni ko'rmasdan turib ishonib bo'lmaydi. Yana shunday narsalar borki, ishonmay turib ko'rib bo'lmaydi. Negadir, yigitlar namozga berilganda buyuk faylasufning shu so'zlari yodimga tushdi.
– O'sha ishonchni hosil qiluvchi va uni mustahkamlovchi bir qudrat bor; bu ham bo'lsa ilmdir, degan bizning allomalar, – qo'shib qo'ydim men.
Biroz jim qolgan bosh murabbiy fikrini xulosalagan bo'ldi:
– Ha-a, futbolchilar ro'za tuta boshlaganda ularning jismoniy holatini o'ylab biroz xavotirda edim. Ammo ruhiy quvvat jismoniy kuchdan ustun ekani yana bir bor isbotini topdi.
Abror Pirriev
"Lokomotiv" klubi shifokori

Bosh sahifaga
175