“Nasaf”ga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.
“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko'zlab, 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o'z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og'dirishga uringani uchun O'FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so'm jarimaga tortildi.
Mazkur qaror O'FA tomonidan rasmiy tarzda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205