"Tottenxem" Gasperinini jamoaga taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Atalanta» klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini yangi mavsumdan boshlab Angliya Premer-ligasida faoliyat boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sport Deutschland.
Manbaning yozishicha, London klubi rahbariyati 63 yoshli mutaxassis bilan aloqaga chiqqan. Tomonlar kelishuvga erishishsa, Gasperini yangi mavsum oldidan «Tottenxem»ga ko'chib o'tishi mumkin.
Avvalroq, «Tottenxem» «Chelsi» va «Yuventus» sobiq ustozi Mauritsio Sarri bilan muzokara o'tkazayotgani haqida xabar berilgandi. Bungacha londonliklarning taklifini «Bavariya»da ish boshlayotgan Yulian Nagelsmann va «Ayaks»da qolishga qaror qilgan Erik ten Hag rad etgandi.
Ma'lumot uchun, «Tottenxem» APL joriy mavsumida 6-o'rinda bormoqda. Uch hafta avval klub Joze Mourinoni iste'foga chiqargach, Rayan Meyson jamoani vaqtinchalik boshqarmoqda.

Bosh sahifaga
201