Emeri: "Biz final yo'llanmasiga ega chiqishni xohlaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa Ligasi yarimfinalidan o'rin olgan «Arsenal»ga qarshi javob o'yinidan nimalar kutayotganini aytdi.
«Biz uchun ajoyib lahza. Evropa Ligasidagi yo'limiz shu paytgacha yaxshi bo'ldi. Ertangi o'yinga birinchisi kabi yondashamiz. 2:1 hisobida oldindamiz, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Hamma narsaga tayyor bo'lishga harakat qilamiz va final yo'llanmasiga ega chiqishni xohlaymiz.
«Arsenal» o'yinni yaxshi quradi, to'pni ushlab turadi, texnik jihatdan iqtidorli futbolchilarga ega. Obameyang qaytgach, raqib yanada yaxshi ko'rinishda bo'ladi», – deya Emerining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
«Arsenal» – «Vilyarreal» o'yini bugun, 6 may kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki bellashuvda Ispaniya klubi 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Bosh sahifaga
253