So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Klopp «Liverpul»ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis mutaxassisi Mersisayd klubi bilan ishlashni davom ettiradimi yoki yo'qmi degan savolga javob berdi.
“Albatta! Hech qanday muzokaralar bo'lmagan», - deya Kositskening so'zlarini keltiradi Sky Sports Germany.
Kloppning shartnomasida agar Yurgenni boshqa klub taklif qilmoqchi bo'lsa, murabbiy uchun to'lanishi kerak bo'lgan miqdor ko'rsatilganmi, degan savolga agent javob bermadi.
Klopp «Liverpul» safida 2015 yildan beri ishlaydi. Ingliz jamoasi bilan u bugungacha, Premer-liga, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon kubogini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, «Liverpul» joriy mavsum, 33 uchrashuvdan so'ng, 54 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.