EChL finalchilari 2 kundan keyin to'qnash kelishadi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
52
Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar natijasida "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi hal qiluvchi to'qnashuv 29 may kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.
Ammo, oradan atigi 2 kun o'tib — 8 may kuni "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari Angliya premer-ligasining 35-turi doirasida o'zaro to'qnash kelishadi. Mazkur bahs "Etixad stedium"da Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Ushbu o'yinda qo'lga kiritilajak g'alaba "shaharliklar"ni muddatidan avval Angliya chempioniga aylantiradi. O'z navbatida "Chelsi" mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash uchun "Siti"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotmaslikka harakat qiladi.

Bosh sahifaga
302