EChL. Haftaning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga da'vogarlar ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214
48
Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlar yakunlari bo'yicha UEFA haftaning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga da'vogarlarni e'lon qildi.
Riyod Mahrez ("Manchester Siti" yarim himoyachisi) — "PSJ"ga qarshi bahsda raqib darvozasi tomon 3ta aniq zarba berib, 2ta gol muallifiga aylandi.
Ruben Diash ("Manchester Siti" himoyachisi) — "PSJ"ga qarshi o'yinda uzatmalarining 92 foizi aniq bo'ldi.
Ngolo Kante ("Chelsi" yarim himoyachisi) — "Real"ga qarshi o'yinda uzatmalarining 88 foizi aniq bo'ldi, jamoasining gol bilan yakunlangan 2ta kombinatsiyasida faol ishtirok etdi.
Kay Xavertts ("Chelsi" hujumchisi) — "Real"ga qarshi o'yinda raqib darvozasi tomon bitta aniq zarba berdi.

Bosh sahifaga
300