Davron Fayziev: "Ikki munosib jamoaning to'qnashuvi va aristokratcha yakun."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
Biroz avval yakuniga etgan "Chelsi" va "Real Madrid" jamoalvri o'rtasidagi yarimfinal javob uchrashuvidan keyin(2:0), taniqli sport ustasi Davron Fayziev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Chelsi". Mendi eng og'ir vaziyatlarda qutqardi. Uchta himoyachi Benzemani to'xtatdi va Azarga o'yin bermadi. Markazda Jorjino va Kante Modrich-Kroosdan tezroq o'ynadi. Maunt esa Kazemironi himoyada vazifalar bilan yuklab tashladi. "Real" qanotga chiqarildi. Ikkinchi qavatni esa "Chelsi" yutib chiqdi. Himoya-hujum-himoya marshrutini "Chelsi" yaxshiroq bosib o'tdi. Xaverts va Verner joy almashib chalg'itishdi. Tuxelning eng katta ishi "Real"ni bo'shliqdan mahrum qildi. Chiziqlarni ajratib tashladi va bo'lingan eb tashladi. Maydo fol taktikasini samarali ishlatdi. 90 daqiqa pressing qildi. Yuksak jismoniy holat namoyish etdi.
"Real". Ramos jarohat bilan o'ynagani sezildi. Plyus 1-taymda sariq olib uyog'iga ehtiyot bo'ldi. "Real" hech qo'llamagan uslubda o'ynadi. Markaziy himoyada 3 futbolchi. Faol qanotlar ishlamadi. Mendi hujumda, Vinisius esa himoyada yordam berolmadi. 3 markaziy himoyachi bilan o'ynaganda kerak payt yana ikkita qo'shilib 5 taga aylanadi. Biroq "Real" aynan 3 himoyachi bilan o'ynadi, ular ham juda sekin xarakat qilishdi.
Kazemiro Mauntga bas kelolmadi. Modrichda tezlik, Kroosda esa keskinlashtiruvchi paslar oqsadi. Azar o'z imkoniyatining yarminiyam ko'satmadi. Uni maydonda paytidayoq o'yindan chiqarib yuborishdi. Benzema uch himoyachiga qarshi kurashdi. Qanotdan yordam kelmadi. Shunda ham ikkita vaziyat qildi. "Real" safida yarim final natijasiga ko'ra bosh egmagan yagona futbolchi.
Ba'zida yarim finallar dramaga aylanadi. Oxirida janjallar chiqadi. Tomoshabinlar ham ancha vaqtgacha emotsiyani bosa olishmaydi. Lekin bu safar Realning ko'plab adekvat muxlislari ham shunchaki Chelsi yaxshiroq o'ynaganini tan olishdi. Ikki munosib jamoaning to'qnashuvi va aristokratcha yakun." deydi Fayziev o'z telegram kanalida.
Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Bosh sahifaga
299