So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ansu Fati uchun mavsum to'lig'icha yakunlandi. Sababi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197
«Barselona» futbolchisi Ansu Fati tez orada navbatdagi jarrohlik stoliga yotishga majbur.
Marca nashrining yozishicha, kataloniyaliklar hujumkor yarimhimoyachisining noyabr oyidan buyon o'tkazayotgan davolanish muolajalari besamar bo'lgani sababli u tizzasidan yana bir marta jarrohlik amaliyotini o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda. Natijada u Evro-2020 va Olimpiadani o'tkazib yuboradi.
Ispaniyalik futbolchini Portugaliya milliy jamoasida faoliyat yuritadigan taniqli shifokor Joze Karlos Noronya operatsiya qiladi. Aynan u tizza jarohatini davolash bo'yicha etakchi jarroh sanaladi. Joze Karlos bungacha Krishtianu Ronaldu, Pepe, Radamel Falkao, Xalk, Anxel Di Mariya, Aren Robben va bir qator futbolchilar jarrohlik amaliyotini o'tkazgan.
Qayd etilishicha, operatsiyadan keyin Fatining qachon safga qaytishi hozircha noma'lum. Avvalroq, Ansu jarohati sababli 4 oy maydonga tusha olmasligi aytilgan bo'lsa-da, mana yarim yildan keyin ham hali safga qaytganicha yo'q.