So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mourino: "Roma" bilan yangi marralarni zabt etmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132
"Roma" klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino yangi klubi bilan kelishuvga erishganidan so'ng, "Instagram" sahifasida post qoldirdi va quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
"Fraydkinga meni tanlagani va shunday buyuk klubni boshqarish imkonini taqdim etgani uchun rahmat aytmoqchiman. Vaziyatni tahlil qilib chiqqach, men va Tyago Pintu ushbu jamoaning ambitsiyalari naqadar yuqori ekanini tushunib etdik. Bu shukuh va kayfiyat men doim his qilib kelgan, meni ruhlantirgan. Men yangi jamoa bilan kelgusi yillarda ulkan g'alabalar qayd etmoqchiman.
"Roma" muxlislarining ajoyib ishtiyoqi meni ushbu ishni qabul qilishga undadi va kelgusi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.
Shu bilan birga, Paulo Fonsekaga omad tilab qolaman. Hamda media vakillaridan meni tushunishlarini so'rayman. Men mavjud vaziyatdan foydalanib qoldim, xolos. Olg'a, "Roma"!, - deb yozib qoldirdi Joze.