Kapello Neymarni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Evropaning bir qator klublarini boshqargan italiyalik mutaxassis Fabio Kapello Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichida bo'lib o'tgan «Manchester Siti» va «PSJ» jamoalari o'rtasidagi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, "Siti" kecha 2:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqdi.
«Joriy mavsumda «Manchester Siti» yaxshi himoyalanmoqda va futbolchilar bir-birlariga yordam berishmoqda. Bu ajoyib jamoa. Bugun Fernandino jamoaning muhim o'yinchilaridan biri bo'ldi, u raqibning barcha futbolchilarini to'xtatdi. Gvardiola uchun bu a'lo darajadagi yil bo'ldi.
Men Neymarning nimadir qilishiga umid qilgandim. Uning o'yin taqdirini hal qila olishiga ishongandim. U raqib o'yinchilarini foydasiz aldab o'tishga ko'p urindi. U etakchi bo'la olmadi. Etakchi futbolchi jamoani natijaga boshlab boradi. U haddan tashqari ko'p gapirdi.
Di Mariyaning chetlatilishi esa bugun menga yoqmadi. Qizil kartochka — me'yoridan ortiq jazo. Di Mariyaning xatti-harakatlarida raqib uchun xavf yo'q edi. Fernandino osonlik bilan yiqildi, hakam har ikkisiga sariq kartochka ko'rsatishi kerak edi», — dedi Kapello.

Bosh sahifaga
310