Gvardiola Mourino va Kloppning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» klubi Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Jamoa yarim finalda "PSJ" klubini har ikkala bahsda mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi (2:1, 2:0).
"Opta" tarqatgan xabarga ko'ra, Gvardiola ikkita jamoa bilan EChL finaliga chiqqan ettinchi murabbiyga aylandi. Bungacha bundan natijani Ottmar Xittsfeld, Lui van Gal, Joze Mourino, Yupp Xaynkes, Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp qayd etishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2009 va 2011 yillarda «Barselona» Chempionlar ligasi finaligacha etib borib, har safar sovrinni qo'lga kiritgan edi.
«Man Siti» finalda «Chelsi» — «Real» juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217