PFL: «Dinamo» – «Sho'rtan» uchrashuvi 11 may kuni bo'lib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Xabaringiz bor, qishki transferlar davomida G'uzorning “Sho'rtan” klubi FIFA taqiqi sabab yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmadi. Oqibatda klub mavsumni 15 nafar futbolchi bilan boshlashga majbur bo'ldi.
Jamoada diskvalifikatsiya qilingan o'yinchilari borligi, shuningdek, jamoada bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud ekanini hisobga olib, Pro liga 5-turidan o'rin olgan “Dinamo” – “Sho'rtan” uchrashuvi keyinroq muddatga qoldirilgan edi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi har ikki klub bilan kelishgan holda “Dinamo” – “Sho'rtan” uchrashuvini 11 may kuniga belgiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
140