Evropada joriy mavsum muddatidan oldin chempionlikka erishgan jamoalarni bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

2020/21 yilgi mavsum yakuniga etmoqda. Ko'pgina milliy chempionatlarda musobaqa tugashidan bir necha tur oldin chempion nomi aniqlanib bo'lindi.
Italiya - «Inter»
Jamoa 2011 yildan beri ilk bora mamlakat bosh sovriniga ega chiqdi.
Rossiya - «Zenit»
Peterburgliklar ketma-ket uchinchi marta Semak boshchiligida RPLda g'olib bo'lishdi.
Gollandiya - «Ayaks»
Jamoa «oltin dubl»ga erishdi, mamlakat kubogini ham yutdi.
Shotlandiya - «Glazgo Reyndjers»
Klub 55 marta chempionlikni qo'lga kiritib, total rekord o'rnatdi.
Ukraina - «Dinamo Kiev»
To'rt yil ichida birinchi marta Ukraina futbolining etakchilaridan biri chempionlik poygasida yuqori o'rinni egalladi.
Vengriya - «Ferentsvarosh»
Jamoa ketma-ket uchinchi marta chempionatni birinchi o'rinda yakunladi.
Gretsiya – «Olimpiakos»
Bu «qizil-oqlar» ning 46-g'alabasi sifatida tarixga kirdi.
Shuningdek, bu ro'yxat quyidagicha davom etadi:
Serbiya – «Tsrvena Zvezda»
Polsha – «Legiya»
Shveytsariya – «Yang Boyz»
Malta – «Xamrun Spartans»
Chexiya – «Slaviya»
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
186