Lukaku Konteni maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku A Seriyadagi chempionlikdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Antonio Konteni maqtadi.
«Konte uchun o'limgacha kurashishga tayyorman. «Chelsi»da birga ishlay olmadik. Ammo «MYu»dan ketib, uning jamoasiga qo'shilsam, o'sishga erishaman, deb hisoblardim.
U menga ochiq aytdi: «Mashg'ulotlarda ishlamasang, demak, o'ynamaysan». O'sishingda senga o'z fikrlarini rostgo'ylik bilan aytadigan insonlar bilan uchrashish muhimdir. Buning ortidan Eto'O, Drogba, Anridek chinakam chempionlar paydo bo'ladi.
Dunyodagi barcha «Inter» muxlislari, jamoa, murabbiy, prezident, klub uchun xursandman. Bu — faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum. Umid qilamanki, «Inter» bilan g'alabalar davrini boshladik», — deya Lukakuning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238