Messi jamoadoshlarini kechki ovqatga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"Barselona" sardori Ispaniya chempionati 34-tur doirasidagi "Valensiya" (3:2)ga qarshi o'yindan so'ng jamoa uchun kechki ovqat tashkil etdi.
Messi "Valensiya"ga qarshi o'yindagi g'alabani nishonlash va bo'lajak "Atletiko"ga qarshi o'yinda jamoaning psixologik tayyorligiga yordam berish uchun jamoadoshlarini uyiga taklif etdi.
"Barselona" ayni damda "Real" (74) bilan bir xil ochko to'plagan holda Ispaniya chempionatida 3-o'rinda bormoqda. Etakchi "Atletiko" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etadi.
"Barselona" - "Atletiko" o'yini 8 mayda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194