"PSJ" va "Real" o'z etakchilarini o'zaro almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Madridning "Real" va Parijning "PSJ" klublari katta kelishuv arafasida. Parij nashrlarining xabar berishicha, Frantsiya va Ispaniya gigantlari himoyachilarni almashtirishga tayyor.
"Real Madrid" himoya chizig'ini kuchaytirishga intilmoqda va "Bavariya"dan David Alaba transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Qaymoqranglilar" avstriyalik bilan juftlikda "PSJ" sardori Markinos bilan shartnoma imzolamoqchi.
Qarama-qarshi yo'nalishda klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmaydigan "galaktikos" sardori Serxio Ramos Parijga yo'l olishi mumkin.
35 yoshli Ramosning transfer qiymati 14 million evroni tashkil etadigan bo'lsa, 26 yoshli Markinosning narxi 70 million evroni tashkil qiladi. Buni yodda tutgan "PSJ" "Real" dan qo'shimcha to'lov talab qilmoqda.

Bosh sahifaga
202