"Barsa" "Atletiko"ga qarshi o'yinda maxsus libosda maydonga tushadi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

"Barselona" Ispaniya chempionatining 35-turida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi o'yinda maxsus formada maydonga tushadi.
Ushbu forma konseptsiyasi vertikal chiziqlar tasviri bilan uchta rangda - ko'k, anor va sariq ranglarda yaratilgan. Chiziqlar Kataloniya bayrog'iga havola. Xuddi shu formada "ko'k-anorrangilar" ushbu mavsum "Real"ga qarshi (2:1) o'ynashgandi.
Kataloniya klubi 8-may shanba kuni "Atletiko" bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuv oldidan "matraschilar" 76 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqdalar, "Barselona" esa 2 ochkoga ortda qolmoqda.
34-turda "ko'k-anorrangilar "Valensiya"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202