Murodjon Ahmadaliev Toshkentda o'tgan jangidagi g'alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Professional boks bo'yicha ikkinchi yarim engil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) «Aldama meni» ko'rsatuvida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan jangidagi g'alabasi uchun qancha gonorar olganini aytdi.
Bokschining so'zlariga ko'ra, u mazkur jangdagi g'alabasi uchun 200 ming AQSh dollari miqdorida gonorar olgan va pullarning barchasini ota-onasiga bergan.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev aprel oyida bo'lib o'tgan jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundida nokautga uchratib, o'z kamarlarini himoya qilgandi.
Bungacha 26 yoshli bokschi 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag'lub etib, bir yo'la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181