Messi «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan «Barsa» futbolchilari ruhini ko'tarish uchun bu ishga qo'l urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi o'yindagi g'alabani nishonlash maqsadida o'z uyida futbolchilar uchun tushlik tashkil qildi. Bu haqda Diario Sport xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchining uyida klubning barcha a'zolari ishtirok etishdi. Messi "Atletiko"ga qarshi o'yin arafasida o'z jamoadoshlarini ruhlantirdi hamda "Barsa"ning La ligada g'oliblikni qo'lga kiritishiga ishonayotganini ta'kidladi.
Manbaga ko'ra, hozirda jamoa har doimgidanda jipslashgan va futbolchilar buning uchun Kumandan minnatdor bo'lishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180