Van de Bek «Ayaks»ga qaytishi mumkinmi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

«Ayaks» sport direktori Mark Overmars yarimhimoyachi Donni van de Bek niderland jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, Van de Bek o'tgan yili «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga ko'chib o'tgan edi. Biroq, yarimhimoyachi Angliyada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.
«Van de Bek qaytib kelishi mumkinmi? Menimcha Donni keyingi mavsumda «Manchester Yunayted»da qolishi va asosiy tarkibga kirish uchun kurashishi kerak. Unga bu qadar tez ketishning hojati yo'q», - dedi Overmars NOS nashriga.
Ma'lumot uchun, Donni van de Bek «Manchester Yunayted» tarkibida, 2020/2021 yilgi mavsumda 16 o'yin o'tkazgan.
Manba: Donni_Van_De_Bek.jpgFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173