Gleyzerlar kim va ular «MYu»ni qanday bosib olgandi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Kecha Manchester shahrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «MYu» – “Liverpul” uchrashuvi mezbon jamoa muxlislari yuzaga keltirgan tartibsizliklar bois noma'lum muddatga qoldirildi. Tasvirlarni barchamiz ko'rdik. “Old Trafford”ning o'zi va atrofidagi fanatlar yaxshi ish qilishmagani kundek ayon, ammo ular nima istayapti? Bu savolga ham javob ochiq-oydin ko'rinib turgandek, go'yo. Gleyzerlarning klubdan ketishi – #glazer_out!
Shu o'rinda boshqa savollar paydo bo'ladi. O'zi klub sohibi bo'lgan bu Gleyzerlar qanday oila va nega muxlislar 15 yildan buyon ularni yoqtirmay kelishmoqda. Keling barchasiga bir boshidan to'xtalib o'tamiz.
1990 yil “Manchester Yunayted” klubi aktsiyalari fond bozori erkin savdolarida paydo bo'ldi. Biroq klubning umumiy qiymati juda qimmat bo'lgani, katta aktsiyadorlar ko'p bo'lgani bois «MYu» biror sarmoyadorning shaxsiy mulkiga aylanib qolishdan himoyalagandi. O'sha vaqtda klub “ochiq aktsiyadorlik jamiyati” maqomida edi. Ammo 2003 yilda o'zining ilk aktsiyalarini qo'lga kiritgan amerikalik ishbilarmon Malkolm Gleyzer ikki yil o'tib klub aktsiyalarining 75 foiziga egalik qila boshladi va boshqaruv shaklini to'liq “xususiy kompaniya” ko'rinishiga olib keldi.
Malkolm Gleyzer – 1928 yil AQShda yahudiy zargar oilasida tug'ilgan Malkolm otasidan 300 ming dollarlik merosni qabul qilib olgandi. Keyinchalik u biznesning ko'plab sohalariga sarmoya kirita boshlaydi. O'tgan asr 70-yillarida Gleyzer oziq-ovqot sanoati, dengiz mahsulotlarini etkazib berish, sog'liqni saqlash, energotadqiqot va media sohalarini birlashtiruvchi First Allied Corporation xoldingi ijrochi direktori hamda prezidentiga aylanadi. Ulkan sarmoyadorga aylangach u bir qator sport klublarini sotib olib, ulardan tijoriy ma'noda ulardan foyda ko'ra boshlaydi.
«MYu»ga qaytadigan bo'lsak, 2003 yil sentyabr oyida Malkolm Gleyzerning klub aktsiyalaridagi ulushi 3 foizdan o'tadi. U qisqa vaqt ichida turli OAV orqali jamoani butkul harid qilish rejalarini oshkor qilib bir aktsiya qiymatining keskin oshishiga sabab bo'ladi. Bu orada pulga muhtoj bo'lgan bir necha aktsiyador bilan kelishuvga erishib, 2004 yilda ulushini 30 foizga etkazadi. 2005 yilda esa hal qiluvchi hamla boshlanadi. Makmanus, Megnier va Gibson kabi yirik aktsiyadorlardagi ulushning harid qilinishi Gleyzerdagi ulushning 60 foizdan o'tishiga sabab bo'ladi. Birjadagi erkin savdolar orqali u ja'mi ulushni 75 foizga etkazgach klub statusini “xususiy kompaniya” ko'rinishiga olib chiqib, London fond bozori erkin savdolaridan echib oladi. Buyog'i yanada oson kechdi. Aktsiyalarning 98 foiziga egalikkacha borgan Gleyzer endi qolgan qismni majburiy tarzda sotib olishi mumkin edi. Xullas, bu ishlar uchun Malkolm umumiy ravishda taxminan 1,5 mlrd dollar atrofida mablag' sarflaydi. 2014 yil Malkolm vafot etgach uning merosi oilasi vakillariga taqsimlab beriladi. Jumladan, “Manchester Yunayted” aka-ukalar Joel va Avraam Gleyzerga o'tadi.
Xo'sh, muxlislarga nima yoqmayapti?
Anchayin murakkab mavzu. Bir tomondan o'tgan davrda «MYu» 5 karra Angliya chempioni bo'ldi. ChL va ELda bosh savrinni qo'lga kiritdi. Qo'shimchasiga bir qator boshqa kuboklar yutib olindi Gleyzerlar davrida. Biroq muxlislarning fikricha, barchasi bir oila manfaatlariga xizmat qilayotgani bois yillar davomida daromadning katta qismi (taxminan 1 mlrd funt) aynan oila a'zolariga taqsimlab berilgan. Avval esa aktsiyalar oddiy muxlislar qo'lida bo'lishi mumkin bo'lgani sababli katta aktsiyadorlar bunday daromadlarni yana qayta klubga tikishardi, deb hisobnadi. Har holda «MYu» muxlislari orasida Gleyzerlarsiz natijalar bundanda yaxshi bo'lishi mumkinligiga ishonadiganlari ko'p.
Qo'shni jamoa “Manchester Siti”ning muvaffaqiyatlari ham ularni darg'azab qilgani bor gap. Ular arab shayxlari milliardlab mablag'lani jamoasi uchun sarflayotganini ko'rib Gleyzerlardan munosib javob kutishardi bunga. Ammo bu javob bo'lmasdi.
Yana klub marketiningida muxlislarga yuklama ortib ketdi. Chipta narxlari va atributlar yildan yilga qimmatladi. Bu APL klublari uchun normal holat bo'lsada «MYu» muxlislariga yoqmasdi. Ayni dam Gleyzerlar vadaga vafo qilishini ham e'tirof etish lozim. Ular ish boshlagach klubdagi daxlsizlar Ser Aleks Fergyuson va Devid Gillga (ijrochi direktor) tegishmadi.
Orif Tolipov

Bosh sahifaga
173