"Nasaf" ishtirokidagi Superliga uchrashuvi nom'lum muddatga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Xabaringiz bor, 14-20-may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida OFK kubogi-2021 “F” guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda mamlakatimiz vitse-chempioni Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etadi.
Dushanbedagi uchrashuvlar sun'iy qoplamali maydonda o'tkazilishi, shu boisdan jamoaning bunday maydonda oz muddat bo'lsa-da mashg'ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun “Nasaf” klubi Superliga 8-turidan o'rin olgan “Mash'al” bilan o'yinni keyinroq muddatga qoldirishni so'rab O'zPFLga murojaat qildi. Aslida taqvimga ko'ra, “Nasaf” – “Mash'al” uchrashuvi 10-may kuni bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin “Nasaf” klubi aynan 10-may sanasida Tojikistonga yo'l olishni, 7-maydan esa Toshkentda “Chig'atoy” bazasining sun'iy qoplamali maydonida mashg'ulotlar olib borishni rejalashtirmoqda.
O'z navbatida “Mash'al” futbol klubi vaziyatni anglab, “Nasaf”ning so'roviga rozilik bildirgani sabab mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv keyinroq muddatga qoldirildi.
Manba: UzPFL
Bosh sahifaga
168