"Zenit" Rossiyada tengsiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Rossiya premer-ligasining 28-turidan o'rin olgan “Zenit” hamda “Lokomotiv” jamoalari bahsi o'z nihoyasiga etdi.
Sankt-Peterburgdagi o'yin gollar shousiga aylanib ketdi. Shu kuni darvozalarga naqd 7 ta gol kiritildi. Yakunda esa mezbonlar 6:1 hisobida zafar quchishdi.
“Zenit”ga g'alaba keltirgan gollarga Artyom Dzyuba (19', 51'), Sardor Azmun (39', 45', 46') va Malkom (67') mualliflik qilgan bo'lsa, “Loko”ning yagona javob golini Fransua Kamano (56') kiritdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Zenit” o'z hisobidagi ochkolar sonini 61 taga etkazib oldi. Piterliklar mavsum yakunlanishiga 2 ta tur qolganida 2-o'rindagi “Lokomotiv”dan naqd 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu tariqa “Zenit” o'z tarixida 7-marta Rossiya chempioni bo'ldi.

Bosh sahifaga
188