Levandovski mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski o'zining kelajagi haqida jiddiy o'ylamoqda. Ayni paytda futbolchi Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib boryapti.
Nemis matbuotining yozishicha, Levandovskining agenti mijozi uchun oylik maoshini oshirishni reja qilyapti. Biroq umumiy inqiroz sharoitida Myunxen rahbariyati ortiqcha maosh to'lay olmasligi mumkin. Shu sababli polshalik mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.
Levandovski uchun ustuvor variant Angliya Premer-ligasi bo'ladi. Aynan Premer-ligada futbolchining talablariga javob beradigan klublar bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182