So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Roy Kin: «Rostini aytsam, «Arsenal»ning holati shunchaki dabdala»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122
«Manchester Yunayted» va Irlandiyaning afsonaviy yarimhimoyachisi Roy Kin Londonning «Arsenal» klubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«To'g'risini aytganda, «kanonirlar»da vaziyat shunchaki dabdala. Odatda, agar biz «Arsenal»ni tanqid qilsak, uning himoyasi haqida gaplashar edik, ammo endi ular hujumda yomon harakat qilishmoqda.
Ular juda kam gol urishmoqda. Albatta, Evropa Ligasidagi g'alaba qozonish Mikel Artetaning ustuvor vazifasi. Chunki Chempionlar Ligasiga kirish jamoaga rivojlanish uchun katta turtki beradi.
Ammo, Angliya Premer-ligasida ularning ahvoli juda yomon. Bu men ko'rgan eng zaif «Arsenal». Ularda etakchilar etishmasligi, mahorat etishmasligi, yorqin o'yinchilar etishmasligi seziladi. Men bunday jamoadan ko'p narsa kutmagan bo'lar edim», - deya Kinning so'zlarini keltiradi Football London.
Qayd etish mumkin, «Arsenal» 34 turdan so'ng, 49 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasining birinchi yarim final uchrashuvida «kanonirlar» «Vilyarreal»ga qarshi safar o'yinida mag'lub bo'lishdi(1:2). Javob uchrashuvi esa 6 may kuni Londonda bo'lib o'tadi.