Asqar Najafaliev OFKning Yosh hakamlar akademiyasidagi seminarda ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2272
Shu yilning 24-26 fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Yosh hakamlar akademiyasida dastlabki o'quv kurslari tashkil qilingani va unda hamyurtimiz Rustam Lutfullin qatnashgani haqida xabar berib o'tgandik. 26 fevral - 2 mart kunlari mazkur akademiyada yana bir seminar o'tkaziladi.
Ushbu seminarda yana bir hamyurtimiz Asqar Najafiliev qatnashmoqda. OFKning Yosh hakamlar akademiyasini tashkil qilishdan asosiy maqsad kelgusida nafaqat Osiyoda, balki jahon birinchiliklarida ham ishlaydigan, muhim uchrashuvlarni boshqara oladigan malakali elit hakamlar guruhini tayyorlashga qaratilgan.
O'quv kurslari davomida futbol qoidalariga kiritilgan va kiritilish kutilayotgan o'zgarishlar haqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, futbolda ro'y beradigan bahsli vaziyatlar aks etgan videokliplar namoyish qilinib, bunday vaziyatlarda qanday qaror chiqarish zarurligi o'rgatilmoqda. Bundan tashqari, o'quv kurslari ishtirokchilari o'zlari ham maydonda amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, bu mashg'ulotlar videotasvirga olinyapti. Keyin mazkur tasvirlar ishtirokchilarning o'zlariga namoyish qilinib, xatolar tahlil qilinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!