Mourino Italiyada «Inter»ga raqib bo'lgan jamoani boshqarishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o'z vaqtida «neradzurri» bilan katta muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Italiyaga qaytib, «Inter»ga raqib bo'lgan klubni boshqarishga tayyorligini aytdi.
«Klubni tark etar ekanman, u haqida faqat yaxshi narsalarni aytaman. Men qora va yoqimsiz narsalarni chuqur o'rganadiganlardan emasman. Aksincha, har doim ijobiy tomonga intilaman. «Inter»? Men ushbu klub bilan hamma narsani yutdim, unga mehrim bo'lakcha.
Ammo bir kun kelib, menga «Inter»ga raqib bo'lgan klubga murabbiylik qilish taklif qilinsa, u holda men buni ortiqcha o'ylab o'tirmay qabul qilaman. Chunki, mening o'z ishimga professional qarashim bor", - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Manba: The TimesFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218