Arsen Venger: "Benzema Frantsiya termasida o'ynashga loyiq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Real» hujumchisi Karim Benzemaning Evro-2020da Frnatsiya milliy jamoasida o'ynashga loyiq ekanligi haqida fikr bildirdi.
«Karim milliy jamoada o'ynashga 100% munosib. Benzema dunyoning istalgan milliy jamoasida o'ynab keta oladi.
Benzemaning muammosi sportga umuman aloqasi yo'q. U 10 yildan ko'proq vaqt davomida «Real»ning asosiy tarkibida o'ynab kelmoqda. Hamma ham bunday ko'rsatkich bilan maqtana olmaydi», – deya Vengerning so'zlarini keltiradi L'Equipe.
Eslatib o'tamiz, Benzema 2015 yili milliy jamoadagi sherigi Mate Valbuenani uning intim xarakterdagi videoyozuvi bo'yicha shantaj qilgandi. Shundan beri ikkala futbolchi ham Frantsiya milliy jamoasiga chaqirilmayapti.
/origin-imgresizer.eurosport.com/2012/10/31/906113-19941399-2560-1440.jpg)

Bosh sahifaga
217