«Manchester Siti» - «PSJ» bahsini boshqarib boradigan hakamlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Chempionlar ligasi yarimfinal javob uchrashuvi doirasidagi «Manchester Siti» - «PSJ» bahsini boshqarib boradigan hakamlar e'lon qilindi
UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, Manchesterdagi o'yinni niderlandiyalik Born Kuypers boshqaruvidagi brigada boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi. VAR tizimida Pol van Bukel va Dennis Xigler ishlaydi.
Ma'lumot uchun, «PSJ» — «Manchester Siti» o'rtasidagi dastlabki o'yinda inglizlar Frantsiyadan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Javob uchrashuvi 4 may, seshanba kuni Manchesterda o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217