UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Spartak» O'runovning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
«Spartak» hamyurtimiz Ostonov O'runov uchun 3 mln evro talab qilmoqda, deya xabar berdi RB Sport.
«Ufa» bosh direktori Shamil Gazizov oldinroq 20 yoshli xavbekni sotib olish niyati borligi haqida gapirgandi. Hozir O'runov ufaliklar safida ijarada o'ynamoqda.
Manbaga ko'ra, «Ufa» moskvaliklarga O'runovni 1 mln evroga sotib olishi bo'yicha rasmiy taklif yuborgan. Ammo, «Spartak» javob tariqasida futbolchini 3 mln evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgan.
Oston 2020 yilning fevral-avgust oylarida «Ufa» safida harakat qilgan. Keyin 1 mln evro evaziga «Spartak» jamoasiga borib qo'shilgandi. U joriy yilning fevral oyidan beri «Ufa»da ijara asosida harakat qilmoqda.
Manba: RB SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!