Mino Rayola Pol Pogbani «Real» klubiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola frantsiyalik futbolchi «Real» klubiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Pogbaning faoliyatini qaerda davom ettirishi «Manchester Yunayted»ning unga qanday loyihalarni va'da qila olishiga ham bog'liq. Polni har doim bitta narsa qiziqtiradi – Chempionlar ligasidagi g'oliblik va mavsum davomidagi sovrinlar. Biz eng avvalo ushbu maqsadlarga «MYu» bilan erisha olamizmi yoki boshqa klub bilan erishish imkoniyati ko'proqmi – shu haqda o'ylab ko'ramiz.
Yashirmayman, Madrid klubi Pogbani o'ziga tortadigan variant. Pol bolalikdagi kumiri Zidan qo'l ostida to'p surish uchun ham «Real»ga o'tishga ko'nishi mumkin. Iloji yo'q narsaning o'zi yo'q. Aytaylik, ertaga «Real» Azarni Pogbaga almashtirmoqchi bo'lib, barcha tomonlar rozi bo'lsa, bu nega amalga oshmasligi kerak?
Pogba – marketing jihatdan ham birinchi raqamli o'yinchi. Agarda u «Real» yoki «Barselona»da to'p sursa, klubi uchun hammadan ham ko'proq daromad keltirishi mumkin», - deydi Mino Rayola As bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Pogbaning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. Tomonlar yangi shartnoma masalasida hali bir qarorga kelgani yo'q.

Bosh sahifaga
191