Mourino: "Ehtimol, keyingi yil ham futbolga qaytmasman. Sababi..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

«Tottenxem» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Joze Mourino yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytmoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassis yozda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritadi.
«Murabbiylik bo'yicha hozirda menda hech qanday reja yo'q. Mehnat ta'tilidaman, odatiy hayot tarzimda yashashda davom etyapman. Juda ham xotirjamman. Endi xatolarni tahlil qilish uchun menda vaqt ko'p. Futbolga qaytishdan avval bir muddat dam olmoqchiman. Nafaqat o'zimga mos klub, balki o'z an'ana va qarashlarimga ham mos jamoadan taklif bo'lishini kutaman. Ehtimol, keyingi mavsumda ham ishga qaytish uchun men tomondan shoshqaloqlik bo'lar. Hammasini vaqt ko'rsatadi», - deydi portugaliyalik mutaxassis Sky Sports bilan suhbatda.
Britaniya sport teleradiokanallaridan biri TalkSPORT Joze Mourino bilan Evro-2020 o'yinlarini tahlil qilish va sharhlash borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyalik mutaxassis yozda ushbu kanalda ekspert sifatida faoliyat yuritadi. 58 yoshli mutaxassis asosan Angliya milliy jamoasi ishtirokidagi barcha uchrashuvlarda jonli efirda ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Mourino 19 aprel kuni «Tottenhem»dan iste'foga chiqarildi. Uning o'rniga jamoani yordamchi murabbiy Rayan Meyson mavsum yakuniga qadar boshqaradi.

Bosh sahifaga
191