Klopp "Liverpul" Evropa Ligasida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Evropa Ligasidagi ehtimoliy ishtiroki haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Angliyadagi ishim davomida men faqat bir marta Evropa Ligasida qatnashganman - shundan so'ng biz finalga chiqdik va umuman olganda, oxirgi o'yinni hisobga olmaganda hammasi yaxshi edi. Bu ajoyib turnir. Ammo, men bularning barchasini hali to'liq ko'rib chiqmaganman, chunki bizning Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatimiz oz bo'lsa ham bor, men bunga ishonaman. Shunday ekan, keling, maqsadimizga erishishga harakat qilaylik va mavsumdan keyin buni o'ylab ko'ramiz, - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 2016-yilda Evropa Ligasi finaliga qadar etib borgan va "Sevilya"ga yutqazgan.
33-turdan so'ng "Liverpul" APLning oltinchi pog'onasida bormoqda. Kuchli to'rtlikdagi farq 7 ochkoni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
192