Xoland varianti o'xshamasa, «Chelsi» qaysi hujumchi uchun kurashishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Bild jurnalisti Kristian Falk «Chelsi»ning maqsadi «Inter» forvardi Romelu Lukakuni qo'lga kiritishi ekanligi haqida gapirdi.
«Shunday. Lekin, bu Tuxelning transfer borasidagi orzusi - Xoland bilan bo'ladigan holatni qanday rivoj topishiga bog'liq. Biroq, Tomas ushbu transfer amalga oshishi juda qiyin ekanligini biladi. Shuningdek, o'yinchisini sotishni istamayotgan «Borussiya»ni ham ko'ndirish kerak bo'ladi.
Natijada, boshqa bir kuchli hujumchiga zaruriyat tug'iladi. Tuxel Lukakuning o'yinlaridan zavqlanadi va shunday forvardga ega bo'lishni istagan bo'lardi», — dedi Falk.
Avvalroq, «Chelsi» Lukaku uchun 100+ mln evro taklif etishga tayyor ekanligi haqida ma'lumot berilgandi.
Manba: Sport WitnessFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213