«Atletiko»ning asosiy himoyachisi «Barselona» bilan o'yindan avval jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Shanba kuni «Atletiko» safarda «Elche»ni minimal, 1:0 hisobida mag'lub etdi va mavsum tugashiga to'rt tur qolganida Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. O'yin so'ngida «matraschilar» ustozi Diego Simeone himoyachi Xose Ximenesni almashtirdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, madridliklar himoyachisi mushaklariga shikast etkazgan.
Kelasi shanba kuni «Atletiko» «Barselona»ga qarshi katta ehtimol bilan chempionlik jangni o'tkazadi. Jamoalar «Kamp Nou» stadionida kurash olib borishadi.
Ma'lumot o'rnida, Xose Ximenes ushbu mavsum «Atletiko» safida 25 o'yin o'tkazib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227